ZIGIR URUGʻINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

Authors

  • Achilova Sanobar Qadamova Shahnoza

Keywords:

oziq-ovqat sanoati, zigʻir urugʻi va moyi, antioksidantlar, yogʻ kislotalari, salomatlikni mustahkamlovchi xususiyatlar, infraqizil spektroskopiya

Abstract

Ushbu maqolada zigʻir urugʻining tarkibi, inson organizmi uchun foydalari va ozuqaviy qiymati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Zigʻir urugʻi foydalik xususiyatlari boʻyicha dunyodagi eng muhim ekin hisoblanadi. U oziq-ovqat va ozuqa sifatida, turli xil dori-darmonlar, sanoat va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Zigʻir urugʻi tarkibidagi yogʻ kislotalari va antioksidantlar inson tanasi uchun juda toʻyimli va muhim hisoblanadi. Antioksidantlar hujayralarni erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qilish orqali tanada asosiy oʻrinni egallaydi. U inson salomatligi uchun juda foydali boʻlgan alfalinolen kislotasi va linolein kislota kabi muhim yogʻ kislotalarining yuqori darajasini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun zigʻir moyini oziq-ovqat sanoatida, farmatsevtika va kosmetika preparatlarini ishlab chiqarishda qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi.

Downloads

Published

2024-04-14

How to Cite

Achilova Sanobar Qadamova Shahnoza. (2024). ZIGIR URUGʻINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI. UNIVERSAL JOURNAL OF TECHNOLOGY AND INNOVATION, 2(11), 24–30. Retrieved from https://humoscience.com/index.php/ti/article/view/2765