Published April 14, 2024 | Version v1
Journal article Open

ZIGIR URUGʻINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

Description

Ushbu maqolada zigʻir urugʻining tarkibi, inson organizmi uchun foydalari va ozuqaviy qiymati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Zigʻir urugʻi foydalik xususiyatlari boʻyicha dunyodagi eng muhim ekin hisoblanadi. U oziq-ovqat va ozuqa sifatida, turli xil dori-darmonlar, sanoat va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Zigʻir urugʻi tarkibidagi yogʻ kislotalari va antioksidantlar inson tanasi uchun juda toʻyimli va muhim hisoblanadi. Antioksidantlar hujayralarni erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qilish orqali tanada asosiy oʻrinni egallaydi. U inson salomatligi uchun juda foydali boʻlgan alfalinolen kislotasi va linolein kislota kabi muhim yogʻ kislotalarining yuqori darajasini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun zigʻir moyini oziq-ovqat sanoatida, farmatsevtika va kosmetika preparatlarini ishlab chiqarishda qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi.

Files

24-30.pdf

Files (523.3 kB)

Name Size Download all
md5:8d7f12fad3d4b7a44da6aee3a39fa22e
523.3 kB Preview Download